1 Ilovani yuklab oling
Quyidagi tugmani bosing. Brauzer «xavfli bo'lishi mumkin» desa — «Baribir yuklash» ni tanlang. Bu oddiy holat: ilova Play Store orqali emas, to'g'ridan-to'g'ri tarqatiladi.
⬇️ Ilovani yuklab olishFaqat Android telefonlar uchun
2 O'rnating
Yuklangan faylni oching. Telefon «Noma'lum manbalardan o'rnatish» ga ruxsat so'raydi — ruxsat bering va o'rnatishni davom ettiring.
3 Kiring
Rahbaringiz bergan login va parolni kiriting. Boshqa hech narsa yozish shart emas.
Parolni bilmasangiz rahbaringizdan so'rang — u boshqaruv panelidan ko'ra oladi.
4 Ruxsatlarni bering
Ilova ketma-ket ruxsat so'raydi. Hammasiga «Ruxsat berish» deng — har biri aniq bir ish uchun kerak:
5 SIM raqamlaringizni kiriting
Ruxsatlardan keyin SIM kartalar ekrani ochiladi. Telefoningizda nechta SIM borligini ilova o'zi aniqlaydi — sizdan faqat raqamlarni so'raydi.
Nima uchun qo'lda: O'zbekiston operatorlari raqamni SIM kartaga yozmaydi, shuning uchun telefon uni o'zi bila olmaydi. Bir marta kiritasiz — keyin esda qoladi.
6 Telefon yozuvchisini yoqing
Ilova qo'ng'iroqni o'zi yozmaydi — u telefoningiz yozgan faylni topib yuboradi. Shuning uchun telefonning o'z yozuvchisi yoqilgan bo'lishi shart.
Samsung
Telefon ilovasi → ⋮ → Sozlamalar → Qo'ng'iroqlarni yozib olish → «Qo'ng'iroqlarni avtomatik yozib olish» yoqing
Xiaomi / Redmi
Telefon ilovasi → Sozlamalar → Qo'ng'iroq yozuvi → «Avtomatik yozib olish» yoqing
7 Batareya cheklovini olib tashlang
Bu qadam juda muhim: cheklov qolsa telefon ilovani bir necha soatdan keyin o'chiradi va qo'ng'iroqlar yuborilmay qoladi.
Ilovada ☰ → 🔐 Ruxsatlar → «Batareya cheklovini olib tashlash» ni bosing. Ochilgan oynada Batareya → Cheklanmagan (Unrestricted) ni tanlang.
8 Tekshiring
Bitta sinov qo'ng'irog'i qiling va 1-2 daqiqa kuting. So'ng ilovani oching:
Qo'ng'iroq ro'yxatda paydo bo'lsa va 🎧 tinglash yozuvi bo'lsa — hammasi to'g'ri ishlayapti.
Ilovadan nima ko'rish mumkin?
Yuqorida holat: login, ruxsatlar, SIM raqamlaringiz. O'rtada statistika — jami, javob berilgan, javobsiz. Kartochka ustiga bossangiz ro'yxat shu bo'yicha filtrlanadi. Pastda qo'ng'iroq yozuvlari — bosilsa o'sha yerda tinglanadi: to'xtatish, oldinga surish, tezlashtirish (1.5x, 2x, 2.5x) va yuklab olish.
Ro'yxat bo'sh, qo'ng'iroqlar ko'rinmayapti
Uch narsani tekshiring: (1) ☰ → 🔐 Ruxsatlar da qizil qator bormi; (2) yuqorida qaysi davr tanlangan («Bugun» yoki «Oxirgi 7 kun»); (3) internet bormi. So'ng ☰ → 🔄 Hozir sinxronlash ni bosing.
Qo'ng'iroq bor, lekin yozuv (🎧) yo'q
Ikkita sabab bo'ladi: telefonning qo'ng'iroq yozuvchisi o'chiq (6-qadam) yoki «Barcha fayllarga kirish» ruxsati berilmagan (4-qadam). Ikkalasini tekshiring.
Barcha qo'ng'iroqlar bitta raqamdan ko'rinyapti
SIM raqamlari kiritilmagan. ☰ → 📱 SIM raqamlari ga kiring va har bir SIM uchun raqamni yozing.
Telefonimni almashtirdim / ikkita telefonim bor
Bir xil login va parol bilan kiravering — alohida login kerak emas. Tizim telefonlarni o'zi ajratadi. Ikkinchi telefonda ham SIM raqamlarini kiritishni unutmang.
Ilova batareyani ko'p yeydimi?
Yo'q. Ilova doimo ishlab turmaydi — faqat qo'ng'iroq tugagach uyg'onadi va ma'lumotni yuboradi. Batareya sarfi sezilarli emas.
Shaxsiy qo'ng'iroqlarim ham ko'rinadimi?
Agar ikkita SIM'ingiz bo'lsa — SIM raqamlari ekranida «Ish uchun SIM» ni tanlang. Shunda faqat o'sha SIM'dagi qo'ng'iroqlar yuboriladi, shaxsiylari umuman tegilmaydi.